"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik YCHL umumiy bosqich doirasida "Brest"ga qarshi o'yindan avval jamoa a'zosi Lamin Yamalning jarohatdan tiklanish jarayoni haqida gapirdi.
"O'ylashimcha, "Brest"ga qarshi uchrashuv u jarohat tufayli o'tkazib yuboradigan oxirgi o'yin bo'ladi. Biroz kutganimiz maqul, ammo shanba kuni uning "Las-Palmas"ga qarshi maydonga tushish ehtimoli yo'q emas", - dedi Flik.