Flik JCH-2022 guruh bosqichi qur'asi haqida: "Oson bo'lmaydi, ammo oldimizga katta maqsadlar qo'yilgan"

Sherzod Nurmatov
2 apr 2022, 20:07
Germaniya bosh murabbiyi Xans-Diter Flik JCH-2022 guruh bosqichi qur'a natijalari haqida fikr bildirdi.

Unga ko'ra Germaniya Ispaniya, Yaponiya va Kosta-Rika/Yangi Zelandiya bilan bir guruhdan joy oldi.   

"Oson bo'lmaydi, ammo oldimizga katta maqsadlar qo'yilgan. Hammamiz uchun yorqin, qiziqarli guruh. 

Yaponiya jahon chempionatida muntazam qatnashadi. Ko'pchilik futbolchilari Bundesligada to'p tepishadi, demak, ular yuqori mahoratga ega. Umuman olganda, biz Yaponiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazmoqchi edik, ammo endi, bu haqda o'ylashning ham hojati yo'q.

2006 yilgi jahon chempionatining ochilish o'yinida Kosta-Rika bilan o'ynaganmiz va o'sha o'yindan (4:2) bizda yoqimli xotiralar qolgan. Jamoalarning hech biri qotib qolmagan, hamm kuchaymoqda.

Biz guruhdan chiqishimiz lozim", – dedi germaniyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana