Flik "Barselona"da Luis Diasni ko'rishni istamayapti

Alisher
30 mar 2025
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yozgi transferlar oynasida "Liverpul" hujumchisi Luis Diasni o'z safiga qo'shib olish kerakligiga ishonchi komil emas.

Takidlanishicha, kataloniyaliklar yetakchisi "Atletik" vingeri Niko Uilyams yoki "Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman transferini maqul ko'rmoqda.

"Barselona" 28 o'yinda 63 ochko jamg'arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Real"da ham shuncha ochko bor, ammo "ko'k-anorranglilar"da zaxira o'yini mavjud.

Bugun, 30 mart kuni "Barselona" o'z maydonida "Jirona"ni qabul qiladi.


AlisherMuallif
Manba: El Nacional