

"Flamengo" yarim himoyachisi Joao Gomes "Liverpul"ning qiziqishiga munosabat bildirdi.
"Liverpul – men o'ynashni xohlagan jamoa. Menda o'ynashga katta ishtiyoq bor. Futboldagi eng katta orzum – Chempionlar Ligasida o'ynash", – dedi braziliyalik o'yinchi.
Ma'lumki, "qizillar" qishda yangi yarim himoyachini sotib olish haqida o'ylashmoqda. Gomes esa variantlardan biri.



