FK Andijon klubining rasmiy sayti faoliyati haqida

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2014
Andijon shahrining bosh jamoasi bo'lgan Andijon klubining matbuot xizmati o'ta faol deb ayta olmaymiz.

Onasiga qarab qizini ol degan maqolni bilamiz. Andijon klubining saytiga tashrif buyurib klub matbuot xizmatiga baho berishga biroz og'rindim.

Keling sayt bo'ylab sayr qilamiz.

Tashqi ko'rinish: Sayt juda ham oddiy. Menyular axborotlar bilan to'ldirilmagan. O'ng tomondan joy olgan VIDEO sahifa mana bir necha yillardan beri videoga muhtoj. Video ssilkani bossangiz quyidagi yozuv paydo bo'ladi: Oshibka 404.

Quyiroqdan joy olgan FOTO bo'limi so'nggi tadbirni aks etadi xolos. Bunyodkor jamoasiga qarshi kechgan xayriya tadbirining suratlari hamon saytning bosh sahifasida turibdi. Aslida klub yil tugaganidan keyin bir necha tadbirlar o'tkazish bilan birga yangi mavsum yig'ininini boshlab yuborgan. Ammo klub matbuot kotibi jamoa bilan bir qatordan joy olmasligi natijasida sayt "qashshoq bo'lib qolgan. Bu erda ko'proq aybni klubda deb bilaman. Boisi klub o'z xodimini zamonaviy texnikalar bilan taminlagan holda barcha safarlarga olib kyetishi kerak. Axir futbol muxlislar uchun, matbuot xizmati esa muxlis uchun axborot beradi.

Musobaqa jadvali dizayn jihatdan juda xunuk ko'rinishda turibdi.

Endi menyularga razm tashlaymiz.

Yangiliklar: - bu bo'limda yangiliklar ja tezkorlik bilan emas-ku lekin kiritilib turibdi. Rasmsiz xabarlar orasida farq kattaligi uchun dizaynga salbiy ta’sir ko'rsatyapti. O'zbek tilidagi saytda Podrobnee, Stranicy va Sleduyushhaya so'zlarini ko'rishingiz mumkin.

Klub tarixi: Hammasi joyida, biroz rasmlar bilan boyitish kerak.

Musobaqalar: Uyat! Bu bo'lim ikkita sub menyudan tashkil topgan Taqvim-2012 va Oliy liga tarixi. Aftidan jamoa birinchi ligaga tushib ketganligi uchun saytning bu qismiga e'tibor qaratishmagan. Oliy liga tarixi ham to'liq emas.

Jamoa: Bu erda uchta ichki menyu Klub rahbariyati, Asosiy tarkib va O'rinbosarlar tarkibi bor. Rahbariyatda hammasi joyida. Ammo jamoaning asosiy tarkibida hech kim yo'q. O'rinbosarlar tarkibi esa jadval ko'rinishda berilgan.

Yoshlar ligasi: Bu bo'limda 2012 yil yakunlariga oid turnir jadvali o'rin olgan. Andijon ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan mavsum jamoa saytining tarixidan muqim o'rin egallashini istashgan ko'rinadi.

Echim:

Andijon klubi o'z matbuot xizmatiga jiddiy e'tibor qaratishi lozim. Bir paytlar jamoaning muxlislarining sayti - burgutlar.com faoliyat yuritgan. Tabir joizki mazkur sayt rasmiy saytga nisbatan ancha sifatli ishlagan. Ammo klub rahbarlarining xatti-harakatlari natijasida sayt faoliyatiga barham berilgan. Klub toki matbuot xizmatiga jiddiy e'tibor qaratmas ekan biron bir yaxshi fikr eshitishi qiyin. Klub matbuot kotibi Boburbek Tursunov jamoa tomonidan ekipirovka bilan taminlanmagan. Odatda hammaga etadigan ekipirovka O'zbekistonda matbuot xizmati vakillaridan qizg'aniladi.  

Jamoa matbuot xizmati ham o'z ishiga sidqidildan yondoshishi kerak. Murabbiy keladi ketadi. Ammo unga tobe bo'lish yaxshi emas. Klub muxlislari esa abadiy. Bu mutaxassisni Futbol Ekspress gazetasi orqali yaxshi bilamiz. Afsuski uning gazetadagi ijodi saytda aks etmaydi.

Hozircha shular. Ertaga Buxoro jamoasi bilan yaqindan tanishamiz.

P.S: Bugun klub sayti bilan tanishdik. Jamoaning matbuot xizmatining faoliyati haqida mart oyida boshlanadigan O'zbekiston chempionati o'yinlarida OAV bilan hamkorlikda baho berib boramiz.

Sayt: http://andijon-pfc.uz

Matbuot kotibi: Boburbek Tursunov

10 ballik tizimda: 4  ball


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uzfootballmedia.blog.ru