

Oldinroq, "Liverpul" futbolchilari Muhammad Saloh va Loris Kariusni jarohatlashda ayblangan Ramos Firmino shamollashida ham men aybdorman deb, kesatgan edi.
"Ramos so'zlari haqida hech narsa demoqchi emasman. Albatta, uning haqqi bor, axir u chempion. Hammasi joyida. Biroq bu Ramos tomonidan ahmoqlik bo'ldi" - deydi Firmino.
Eslatib o'tamiz, "Real" Chempionlar ligasi finalida "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.



