

23 yoshli italiyalik futbolchi "Uotford" safida Chempionshipning 32-turidan o'rin olgan "Preston Nort End"ga (2:2) qarshi o'yinda debyut qildi. Jamoalar Prestondagi “Deepdale” stadionida o'ynashdi.
Bove uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshladi va 86-daqiqada maydonga tushdi.
Yarim himoyachi 2024 yil dekabr oyida A Seriya 2024/2025 yilgi mavsum 14-turida "Fiorentina"ning "Inter"ga qarshi o'yinida (3:0) maydonga yiqilib, hushini yo'qotdi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, u tutqanoq xurujini boshdan kechirib, yuragi to'xtab qolgandi. Futbolchi Italiyani tark etishga majbur bo'ldi, chunki liga qoidalari defibrillyator bilan maydonga tushishni taqiqlaydi.



