"Fiorentina" "Arsenal" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Sherzod Nurmatov
24 avg 2021, 02:04
"Fiorentina" xavbek Lukas Torreyra masalasida Londonning "Arsenal" klubi bilan kelishuvga erishishga yaqin.

Manbaga ko'ra, "siyohranglilar" urugvaylik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishadi. 

O'yinchi A Seriyaga qaytmoqchi, shu bois u "Ayntraxt" bilan muzokaralarni to'xtatdi.

Oldinroq Torreyra Italiya chempionatida - "Peskara" (2014/16) va "Sampdoriya" (2018 yil)da o'ynagan. 

Urugvaylikning "Arsenal" bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato