

Ushbu o'yin atrofidagi qiziqarli ma'lumotlar, xabarlar ushbu sahifaga jamlanadi.
Shu orqali o'yin uchun alohida sahifa ochiladi va o'yin boshlanishiga 5 daqiqa qolganida sizlar bilan ko'rishamiz.
22:38. Futbolchilar o'yin oldi mashg'ulotlarini davom ettirishmoqda.


23:19. Mankunianliklar muxlislari. Ajoyib ko'rinish.

23:04. Ueyn Runi ham stadionga yetib kelgan.


22:48. "Vilyarreal"ning ham asosiy tarkibi e'lon qilindi!
"Vilyarreal" - Ruli, Foyt, Albiol, Torres, Pedrasa, Parexo, Kapu, Trigeros, Moreno, Bakka, Pino.
22:46. Mankunianliklarning asosiy tarkibi ma'lum!
"Manchester Yunayted" - De Xea, Lindelof, Bayi, Pogba, Kavani, Reshford, Grinvud, Fernandesh, Shou, van-Bissaka, Maktomini.

22:42. Ikki jamoa futbolchilari stadionga yetib kelishgan.



“Vilyarreal” – MYU. Bugungi final oldidan “Angliya futboli” storisidagi so'rovnoma natijalari
22:22. "Tinimsiz qilingan mehnat g'alabalar, sovrinlar, chempionlik bilan o'lchanadi. Demak, yakuniy natija uchun shunchalik qattiq mehnat qilish kerakki, qilingan ish yoddan chiqib ketsin", - Markus Reshford

22:00. Shunchaki ajoyib manzara.


21:45. Ikki jamoa muxlislari stadionga yetib kelishmoqda.


21:30. Antonio Valensiya "Manchester Yunayted"ga omad tiladi. U 2017 yilgi finalda jamoa bilan birga bo'lgandi.

21:00. Polshada "Manchester Yunayted" muxlislariga hujum bo'lgan. Mahalliy zo'ravonlar mankunianliklar fanatlari o'tirgan kafe-barga bostirib kirib, janjal ko'tarishgan. Oqibatda MYUning 3 nafar muxlisi tan jarohati olgan va shifoxonaga olib ketilgan.
20:30. 2017 yilgi Yevropa ligasi finalini jarohati sababli o'tkazib yuborgan mankunianliklar

20:08. Yevropa ligasi sovrini stadionga olib keltirildi.



20:00. "Uzoq yillardan buyon futbol o'ynayapman. Shu davr mobaynida siz juda katta tajriba to'playsiz, ammo futbolda ko'rmagan narsalaringiz juda ko'p bo'ladi. Vaqt o'tgani sayin yangiliklarni ko'rib boraverasiz. Hayot shu tomoni bilan go'zal. O'sish, rivojlanish, dunyoni ko'rish kerak. Hayotning har bir bosqichidan o'tgan odam yanada yaxshiroq bo'lib boraveradi", - Edinson Kavani.
19:30."Vilyarreal"ning uzoq yillik orzulari ushaldi. Jamoa bir necha yillardan buyon xalqaro maydonlarda ter to'kdi va nihoyat finalga chiqdi. Bunday hissiyotlarni faqatgina finalga chiqqanlar tushuna oladi", - Markos Senna.
19:00. Bugun "Vilyarreal" sariq, "Manchester Yunayted" qizil liboslarida o'ynaydi.

18:45. "Bu erga sovrinlar yutish uchun kelganman va bu final biz uchun katta imkoniyat. "Yunayted"ni finalda ko'rish bizga ajoyib tuyg'ularni tuxfa qiladi" - Viktor Lindelof.

18:30. Qiziqarli tomoni shundaki, shu kunga qadar tomonlar 4 marta o'zaro o'yinda qatnashgan va ularda birorta gol urilmagan)
14.09.2005. Vilyarreal – Manchester Yunayted 0:0
22.11.2005. Manchester Yunayted – Vilyarreal 0:0
17.09.2008. Manchester Yunayted – Vilyarreal 0:0
25.11.2008. Vilyarreal – Manchester Yunayted 0:0
18:15. Demak, bizning talqinimizga ko'ra, bugungi o'yin uchun taxminiy tarkib. Kechagi matbuot anjumanida Sulsher himoyachi Maguayrning safga qaytishi mumkinligini inobatga olsak, u imkoniyatdan maksimal foydalanishini kutyapmiz. So'nggi paytlarda zaxira posboniga aylangan David de Xea esa bugungi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.




