Agueroning "Barselona"dagi maoshi ma'lum bo'ldi

Alisher
26 may 2021, 17:37
Ispan jurnalistlari forvard Serxio Agueroning "Barselona"dagi shartnoma detallari haqida xabar berishdi.

32 yoshli hujumchi "Kamp Nou"da "Manchester Siti"ga qaraganda ikki baravar kam maosh oladi, u ingliz klubida 12 million evro atrofida maosh olardi.

"Ko'k-anorranglilar" va argentinalik futbolchi o'rtasidagi shartnoma yaqin orada imzolanadi. Serxio "Barsa"ga erkin agent maqomida o'tadi. 

Aguero 2011 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilayotgan edi. U klub tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Hujumchi "shaharliklar" bilan 5 bor APLda g'olib chiqqan.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport