Finaldagi mag'lubiyatdan so'ng "Liverpul" darvozabon izlab qoldi

Aslanov Jasurbek
28 may 2018, 17:45
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, uning transferiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar Loris Kariusning "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi finalidagi omadsiz o'yinidan so'ng yangi posbon qidira boshlashdi va Donnarumma nomzodlardan biriga aylandi.

"Liverpul" vakillari Donnarumma agenti Mino Rayola bilan bog'lanishdi. 19 yoshli italiyalikning transferi 40-45 mln. evroga amalga oshishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Reppublica