

"Tongda yigitlarga chempionlikka oxirigacha ishonishlarini aytdim. G'aroyib yakun. O'z jamoam bilan faxrlanaman. Aynan mana shunday tarzda chempion bo'lish juda ajoyib", - deydi Koku Fox Sports nashriga.
Eslatib o'tamiz, Chempionat tugashiga 1 tur qolganida Eyndxoven klubi Ayaks bilan bir xil ochko to'plagandi. Biroq qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha Amsterdam klubiga yutqazayotgandi. Biroq so'nggi turda Ayaks De Grafsxap bilan durang o'ynadi (1:1) va PSV o'z o'yinida g'olib bo'lib chempionlikni ilib ketdi.



