

"Ko'rganingizdek, o'yinni yomon boshlamagandik. 10 daqiqadan so'ng esa futbolchimizga qizil kartochka ko'rsatildi", - deya so'z boshladi futbolchi.
- Bu chetlatish jamoaga qay darajada ta’sir ko'rsatdi?
- Rejamizni o'zgartirishga majbur bo'ldik. Raqib hujumlar uyushtirishni boshladi. Chunki, o'sha chiqib ketgan futbolchimizning o'rni juda bilindi.
- Endi Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi o'yin kutib turibdi...
- Keyingi o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Hali Osiyo Chempionatiga yo'llanma olish uchun imkonimiz bor. Shu sababli, bugungi o'yinni unutamiz va oxirigacha kurashmoqchimiz.



