Filiposyan "Anji" ko'rigida bo'ldi!

Nadirkhuja Yuldashev
22 yanv 2014
"Bunyodkor" bilan xayrlashgan Artyom Filiposyan "Paxtakor" mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan edi.
Dog'iston klubi muxlislarining saytida qayd etilishicha, O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi bir necha kun davomida Gadji Gadjiev mashg'ulotlarida ishtirok etgan. Va mashg'ulotlar davomida jarohat olgan. Endi u ortga qaytadi.

2014 yilgi mavsum uchun sardor etib saylangan hamyurtimiz Odil Ahmedov esa 10 kundan so'ng umumiy guruh mashqlariga qo'shiladi.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia