Filipe Luis "Barselona"ga o'tish uchun "Borussiya" taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
19 apr 2019, 14:25
"Atletiko" himoyachisi Filipe Luis Dortmundning "Borussiya" klubi taklifini rad etdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi "Barselona"ga o'tmoqchi. Kataloniya klubi braziliyalik himoyachini Xordi Albaga o'rinbosar sifatida olib kelmoqchi. Filipe Luisning "Atletiko" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.

Luis joriy mavsum LaLiganing 21ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild