Fil Foden Angliya terma jamoasi yig'inini vaqtinchalik tark etdi

Administrator
26 iyun 2024, 20:44
Angliya futbol assotsiatsiyasi buni rasman tasdiqladi.

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Fil Foden oilaviy masala sabab terma jamoa qarorgohini vaqtinchalik tark etdi. Futbolchi ayni damda Angliyaga qaytib ketgan. 

Taniqli insayder Fabricio Romano bergan ma'lumotga ko'ra, Fodenning uchinchi farzandi tug'ilish arafasida. Fil shu sababli oilasining yoniga ketgan. Futbolchi yakshanba kuni terma jamoa yig'iniga qaytib keladi.

Ma'lumot uchun, Angliya terma jamoasi "Evro" guruh bosqichining yakuniga ko'ra besh ochko to'plab, birinchi o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano