Figuning fikricha, Ronaldu gollari tufayli "Oltin to'p"ga ega chiqishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 dek 2015, 11:41
"Barselona" va "Real" sobiq yarim himoyachisi Luish Figu yilning eng yaxshi futbolchisi kim bo'lishi borasida fikr bildirdi.

"Oltin to'p" uchun "Barselona"ning ikkin hujumchisi Lionel Messi va Neymar, hamda "Qirollik klubi" futbolchisi Krishtianu Ronaldu da'vogarlik qilmoqda.

"Uchchalasi ham juda kuchli futbolchi. Agar hammasi jamoaviy sovrinlar tufayli hal bo'lsa, sovrin "Barselona" vakiliga nasib etadi, ammo ovoz beruvchilar individual muvaffaqiyatlarni tanlasa, g'olib Ronaldu bo'lishi mumkin" - deydi Figu.

Messi va Neymar o'tgan mavsumda Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Chempionlar ligasida g'olib bo'ldi. Ronaldu 48ta gol urib Primeroning to'purariga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca