Figu: "Hech kim meni "Inter"dagi Manchini kabi erga urmagan"

Mirjalol Normatov
6 yanv 2021
"Real"ning sobiq vingeri Luish Figu "Inter"dagi faoliyatini yodga oldi

"Butun bir faoliyatimda hech kim meni "Inter"dagi Roberto Manchini kabi erga urmagan.

Jim yurardim, ammo 20 yoshli yigitcha emasdim. 34-35 yoshlarda bo'lganman, shunday vaziyatlar bo'lardiki, baqirib yuborgim kelardi.

34 yoshga kirganda sen nimalarga qodirligingni yaxshi bilasan. Ammo men 85 daqiqa mashq qilib, 3 daqiqa maydonga tushardim. Bu normal holat emasdi", - dedi Figu.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal