Figu: "Hech kim meni "Inter"dagi Manchini kabi erga urmagan"

Mirjalol Normatov
3 may 2020, 16:56
"Real"ning sobiq vingeri Luish Figu "Inter"da Roberto Manchini bilan faoliyati haqida gapirdi.

"Hech kim meni "Inter"dagi Manchini kabi erga urmagan. Faoliyatimda bunday voqea boshqa bo'lmagan.

"Inter"da jim yurganman: vaholanki o'shanda 20 emas, 34-35 yoshda edim, bunday yoshli futbolchilar bilan bu kabi voqealar bo'lmasligi kerak.

Gap mening o'yinga tushishim yoki tushmasligimda emas. 34ga kirgunga qadar siz nimalarga qodirligingizni yaxshi bilib olasiz.

Hali hech kim meni 85 daqiqa mashg'ulot qildirib, 3 daqiqa uchun maydonga tushirmagan. Men uchun bu normal holat emas", - dedi Figu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport