FIFA vakillari yangi qurilayotgan "Do'stlik" terma jamoalar markazi bilan tanishishdi

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2023, 17:25
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent viloyatida FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan O'zbekiston terma jamoalari markazidagi qurilish-rekonstrukciya ishlari qizg'in davom etmoqda.

FIFA vakillari Andrey Vashkevich va Lorenco Fofi ushbu markazni ko'zdan kechirish maqsadida qurilish maydoniga tashrif buyurishdi.

FIFA vakillari mazkur bazadan o'rin olgan obektlar, xususan, asosiy va mashg'ulot maydonlari bilan tanishdilar. "HATKO" mutaxassislari bilan maydonlar holati, ularni saqlash texnologiyalari, stadion infratuzilmasi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ushbu maydonlar Angliyaning “ProPitch” kompaniyasi tomonidan maxsus test yordamida o'rganib chiqildi va xulosalar taqdim qilindi.

O'z o'rnida, FIFA vakillari loyiha yuzasidan o'zlarining takliflarini bildirib o'tishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати