Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oyda egallagan o'rni o'zgarishsiz qolgan. Shunday qilib, milliy terma jamoa 521 ochko bilan jahon miqyosida 66-o'rinda bormoqda.
FIFA reytingiga asosan O'zbekiston OFKga a'zo terma jamoa orasida 5-o'rinda bormoqda. Osiyo terma jamoalari reytingini hamon Yaponiya boshqarib turibdi – 30-o'rin. Yaponiyadan keyingi o'rinlarda Janubiy Koreya (42), Avstraliya (47) hamda Eron (57) terma jamoalari bormoqda. MDH mamlakatlari orasida esa O'zbekiston Rossiya (11) hamda Ukraina (37) terma jamoalaridan keyingi o'rinda turibdi.
O'zbekiston terma jamoasining OK-2015 saralashidagi raqiblaridan - BAA terma jamoasi esa 89-pog'onasidan joy olgan bo'lsa, Vetnam 132, Gongkong esa 151-o'rinda bormoqda. Milliy terma jamoaning JCH-2014 saralash bosqichidagi raqiblari hisoblangan Qatar (101) va Livan (129) terma jamoalari o'rni ham deyarli o'zgarmagan.
Terma jamoalarning umumiy reytingini doimgidek Ispaniya terma jamoasi boshqarib turibdi. Undan keyingi o'rinda Germaniya terma jamoasi borayotgan bo'lsa, kuchli uchlikni Argentina terma jamoasi to'ldirgan.
Terma jamoalarning may oyi uchun reytingi bilan FIFA rasmiy saytida to'liq tanishish mumkin.