FIFA "Lion"ga transfer taqiqi qo'ydi

Sherzod Nurmatov
28 may 2025
FIFA "Lion"ga uchta transfer oynasida futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqladi.

Fransiya klubi 2027 yilgacha yangi futbolchilarni safiga qo'shib ololmaydi.

Intizomiy jazo 2 ming evrolik qarz bilan bog'liq. Klub transfer komissiyasini to'lamagan.

Transfer taqiqi uchta o'tish davri uchun – 2026 yil yozgi transfer oynasigacha amal qiladi.

"Lion" esa o'z navbatida jazoga rozi emas hamda vaziyatni hal qilganini, bu summani to'laganini davo qilmoqda.

"To'quvchilar" o'tgan mavsum 57 ochko jamg'arib, Liga 1 turnir jadvalida 6-pog'onani band etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports