FIFA koronavirus sabab yozgi transfer oynasini yanvargacha uzaytirishi mumkin

Tolibjon Qosimov
25 mar 2020, 10:04
FIFA bo'lajak yozgi transfer oynasi detallarini muhokama qilmoqda.

Yozgi transferlar oynasi vaqti ham o'zgaradi

"The Telegraph" nashrining ma'lum qilishicha, tashkilot yozgi transfer oynasini yanvar oyigacha yopmasligi mumkin. Bunga sabab - klublar koronavirus sabab musobaqalar to'xtab qolganidan so'ng moliyaviy tomonlama o'nglanib olishlari zarur. FIFA vakillari ushbu savolni klublar bilan muhokama qilmoqda. Ayrimlar bu taklifni qo'llab-quvvatlashmoqda.

Kutilishicha, klublarning xarajatlari pandemiya sabab qisqaradi. Ular nisbatan kamroq pul sarflashi va Jeydon Sancho kabi yirik transferlarga qo'l urmasliklari kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: telegraph.co.uk