FIFA Ebola kasalligi tufayli klublar o'rtasidagi jahon chempionatini Marokashdan ko'chirmoqchi emas

Narzulla Saydullayev
21 avg 2014, 21:12
FIFA 2014 yildagi jahon chempionati oldin rejalashtirilganidek Marokashda bo'lishini tasdiqladi.
Bu musobaqa Ebola kasalligi tufayli boshqa davlatda o'tkazilishi haqida mish-mishlar paydo bo'lgandi.

"Futbolchilar, rasmiy kishilar va muxlislar sog'ligi FIFA uchun birinchi o'rinda turadi.  Butun jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, Marokashda bunday kasallik kuzatilgani yo'q. Shu sababli turnir o'tkaziladigan joyni almashtirishning xojati yo'q. Agar holat o'zgarsa, biz musoboqa ishtirokchilari bilan bog'lanamiz. Ikki hafta oldin FIFA har bir ishtirokchiga tibbiy ma'lumotga ega bo'lgan eslatma jo'natadi. Bu doimiy jarayon" - deyiladi FIFA rasmiy saytida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru