

Ularning tashrifiga bosh masul etib O'FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev Tayinlangan. Mehmonlar bugun "Bunyodkor" stadioniga tashrif buyuradilar. Ertaga Samarqandga sayohat kiladilar va qadimiy edgorliklar bilan yaqindan tanishadilar. 12 noyabr kuni "Feyenoord" vakillari O'zbekiston - KXDR uchrashuvini tomosha qiladilar. Orada O'FF bilan hamkorlik masalalari bo'yicha kelishuv amalga oshiriladi.
Ayni paytda "Feyenoord" vakillarini nima uchun O'zbekistonga kelishlari ma'lum qilinmagan. Mehmonlar 13 noyabr kuni ortga qaytadilar.



