Yevropaning qator klublari "Feyenoord" yarim himoyachisini kuzatishmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
18 dek 2023, 12:04
"Feyenoord" yarim himoyachisi Mats Vayffer jamoasini alishtirishi mumkin.

Futbolchini "Atletiko Madrid" kuzatib bormoqda, biroq masalaning moliyaviy tomoni sabab bu transfer yanvar oyida amalga oshishi mushkul. Qo'shimchasiga, Rottyerdam klubi muhim futbolchilaridan birini mavsum o'rtasida qo'yib yuborgisi ham kelmasa kerak.

"Napoli" va "Fulxem" ham xavbek transferiga qiziqish bilan qaramoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com