Fevzi Davletov: "Vaziyatlardan foydalana olmaslik muammomiz bo'lib qolmoqda"

Iskandarov Abdulaziz
19 sen 2025, 08:03
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda termizliklar bosh murabbiyi Fevzi Davletov fikrlarini bildirdi. 


"O'yinni umumiy suratini olsak biz to'pni nazorat qildik. Hujumlarni yakunlashda muammoga duch kelyapmiz. Vaziyatlar yaratilmoqda, hujumlar tashkil qilinyapti. Oxirgi pas va yakunlovchi nuqta yetishmadi, xolos. Ketma-ket ikkinchi o'yin vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Lekin yigitlar berilgan ko'rsatmalarni bajarishdi. Ularda xohish bor edi. Ko'rdingizki, birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham etarlicha imkoniyatlar yuzaga keldi. Yutish uchun gol urish kerak. 

Yigitlar harakat qilyapti. Bu yerda yoshi katta yoki kichik degan narsa yo'q. Shunday ekan oldiga qo'yilgan vazifani bajarishi kerak. Oldinda qiladigan va amalga oshirish lozim bo'lgan ishlarimiz bor",- deydi Fevzi Davletov. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia