Festivallar mavsumi ochiq. "Qaldirg'och" Kubogi ishtirokchilari ma'lum!

Nadirkhuja Yuldashev
6 mar 2017, 10:10
10-12 mart kunlari 2008 va 2009 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi ilk festivalimiz start oladi.

"Championat.asia", "Best Sport Media" va Toshkent shahar futbol federatsiyasi hamkorligida tashkil qilinayotgan bolalar bayramida jami 20ta jamoa ishtirok etadilar.

2008 yilda tavallud topganlar musobaqasida12ta klub bo'lsa, yana 8ta jamoa 2009 yilga to'g'ri keladi.

2008 yil jamoalari: "Chelano", "Nasaf", "Nasaf-2", "Olimpik", "Lokomotiv", "Paxtakor", "Mega Sport","Bekobod", "Spartak", "Paxtakor-2", "Yoshlik", "Guliston".

2009 yil jamoalari: BO'SM-16, "Chilonzor", "Mega Sport", "Paxtakor", "Paxtakor-2", "Spartak", "Lokomotiv", "Bekobod".


24-26 mart kulari esa "Navro'z" Kubogi festivali bo'lib o'tadi. Unda 2006 va 2007 yillarda tug'ilgan futbolchilar musobaqada o'zaro bellashadilar. 24ta jamoa qatnashadigan festivalda, hozircha 18ta jamoa ro'yxatdan o'tgan. Ular orasida, Qo'qon, Termiz, Boysun, Kosonsoy, Samarqand va Andijon kabi viloyatlardan ham jamoalar bor. 



O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia