Ferrao: "Finalda raqib tanlamasdan, o'z vazifamizni bajarish haqida o'ylashimiz kerak"

Оқил Абдубарноев
3 okt 2024, 15:40
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/2 finali doirasida Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (3:2) Braziliya terma jamoasi a'zosi Ferrao saytimizga intervyu berdi.

"Ukrainaga qarshi juda qiyin o'yin o'tkazdik. Raqib ham jismonan, ham texnik, ham taktik jihatdan kuchli ekaligini namoyon etdi. Ikkinchi bo'limda shiddatimiz yuqori edi va bu g'alabada muhim omil bo'ldi. G'alaba bilan barchani tabriklayman. 

Finalga qaysi jamoa chiqishidan qati nazar, bizga qiyinchilik tug'diradi. Biz raqib tanlamasdan, o'z vazifamizni bajarish haqida bosh qotirishimiz kerak", dedi Ferrao.

Eslatib o'tamiz, Braziliya finalda Argentina - Fransiya juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia