Ferran Torres: "Manchesterda shunchaki hayotdan lazzat olyapman"

Mirjalol Normatov
9 okt 2021
"Manchester Siti" vingeri Ferran Torres o'zini "Barselona" bilan bog'layotgan mish-mishlar haqida gapirdi.

"Mish-mishlar har haftada juda katta hajmda chiqadi va tezda ko'payadi. Manchesterda hayotdan zavq olyapman. Bu erda mashg'ulot uchun barchasi etarli. Shunchaki birgina muammo - ob-havo", - dedi ispaniyalik.

Sentyabr oyida Torresning "Barselona"ga o'tishi borasida mish-mishlar tarqalgandi. Biroq 21 yoshli xavbek bunga rad javobini bergandi.

2020 yili "Valensiya"dan "Siti"ga o'tgan Torres 43 o'yinda 16 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal