

“Munosib o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. So'nggi daqiqalargacha kurashdik. Penalti-lotereya. Biz buni nima ekanligini juda yaxshi bilamiz. Yigitlar nima qilish mumkin bo'lsa, barchasini qildi. Men uchun bu murabbiy sifatida juda ham muhim. Hujumda nimadir yetishmadi. Jamoa paslarni tez uzatdi, to'pni nazorat ham qildi. Ammo hammasi mayda jihatlarda. Qayerdadir yaxshi o'ynay olmadik. Maksimal darajada sifatli o'yin ko'rsatdik. Himoyadagi 11 nafar futbolchiga qarshi harakat qilish esa o'ta og'ir. Men uchun termadagi rolim muhim emas. Men uchun o'yinchilarning nimani his qilayotgani muhim. Bu biz keyingi bosqichga o'ta olmaganimizning og'rig'idir. Men shunday jamoam bo'lganidan faxrlanaman”,-dedi murabbiy.



