Fergyusonning o'g'li "Donkaster" bosh murabbiyiga aylandi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2015
Angliyaning uchinchi darajali divizionida ishtirok etuvchi "Donkaster Rovers" o'z rasmiy sayti orqali Darren Fergyuson klub bosh murabbiyiga aylanganini xabar berdi.

43 yoshli murabbiy "Manchester Yunayted"ning afsonaviy ustozi ser Aleks Fergyusonning o'g'lidir.

Shotlandiyalikning so'nggi ish joyi "Piterboro" bo'lgan va u sobiq klubini fevralda tark etgan. Darren "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyatining katta qismini "Vulverxempton" va "Reksem"da o'tkazgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Doncaster Rovers