Fergyuson MYU uchun yangi fubolchi topdi

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019, 10:26
"Manchester Yunayted"ning sobiq murabbiyi Ser Aleks Fergyuson jamoa uchun yangi futbolchilar izlashda davom etmoqda.

"The Sun" xabariga ko'ra, shotlandiyalik mutaxassis e'tiborini "Aston Villa" yarim himoyachisi Jon Makginnga qaratgan. Aytilishicha, Fergyuson futbolchining bobosi bilan uzoq yillik qadrdon va shu jihat futbolchining transferiga turtki bo'lishi mumkin.

"Aston Villa" 24 yoshli futbolchining transferidan 55 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Makginn o'tgan mavsumda 44 o'yinda qatnashib, 7 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun