Fergyuson "Manchester Yunayted"ga qaytmoqchi ekanini tan oldi

Alisher Ostonov
21 sen 2025
Mankunianliklarning sobiq ustozi Aleks Fergyuson bazida hali ham "Manchester Yunayted"ning zaxira o'rindig'ida o'tirishni xohlayotganini tan oldi.

Murabbiy jamoani 12 yil oldin tark etgan.

2013 yilda Fergyuson MYUni so'nggi chempionlikka olib keldi. O'shandan beri klub beqaror o'yin ko'rsatmoqda, bu esa bazan Fergyusonni qaytish haqida o'ylashga undaydi. Biroq, murabbiy bunday bo'lmasligini ta'kidladi, chunki u 12 yildan beri nafaqada.

Fergyuson MYU bilan 13 ta chempionlikni qo'lga kiritgan. Shotlandiyalik mutaxassis qo'l ostida "Manchester Yunayted" ikki marta Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: manchestereveningnews.co.uk