
"Hozir ham jamoada kuchli futbolchilar bor. Kerrik nafaqat ingliz futbolidagi eng yaxshi markaziy yarim himoyachi, balki eng yaxshi ingliz futbolchisi hamdir. Van Persiga keladigan bo'lsak, u jahon chempionatida ko'p kuch ishlatdi, ammo Robin ikkinchi davrada o'zini ko'rsatadi.
Runinig holati juda yaxshi. Bu futbolchi doimo gol ura oladi. Hozirda, hammadan ham ko'proq meni xursand qilayotgan - de Xea. Biz uni yigitchaligida xarid qilgan edik, ammo o'shanda ham mahoratli darvozabon edi. Uning iqtidori o'zgacha va ayni damda biz bunga guvoh bo'lyapmiz. Hamma futbolchilar safga qaytganida, jamoaning ishlari ancha yurishadi" - deydi Fergyuson.