Fergyuson jamoasida ko'rishni istagan, ammo transferi amalga oshmagan eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

Eldor Akmurzayev
31 mar 2021, 20:15
MYUning afsonaviy murabbiyi Aleks Fergyuson “Yuventus” sobiq forvardi Alessandro del Pero haqida gapirdi.

“Chempionlar Ligasi o'yinida “Yuventus”dagi Alessandro del Pero himoyamizning yarmini aqldan ozdirdi. Giggs va Nevill oldimga kelib, bu futbolchini har qanday summaga sotib olish kerakligini aytishdi, chunki u bilan butun o'n yillikni yuta olardik.

“Yuventus” va futbolchining agenti bilan bog'landim. U “Manchester Yunayted”ni hurmat qilishi, ammo hech qachon “qora-oq ranglilar”ga xiyonat qilmasligini aytib, taklifni rad etdi. Keyinroq esa mundialdagi g'alabasidan keyin Del Pero bilan qiziqib qoldim. O'shanda unga “Real” ham qiziqqan edi. Klubga murojaat qilmay, Del Peroning to'g'ri o'ziga qo'ng'iroq qildim. Unga: “G'alaba qozonamiz, sen esa jamoasiz yulduzi bo'lasan. “Real”ga quloq solma, safimizga qo'shil”, dedim. U esa kulib: “Janob, avvalgidek hech narsa o'zgarmagan. “Yuventus”da muammolar bor, men klubga yordam berishim kerak. Qo'rqoq bolishni istamayman", deb javob qildi.

2008 yil o'rtoqlik uchrashuvi vaqtida del Peroni ko'rdim. U meni quchoqlab, uzr so'radi va nega taklifimni rad etganini tushuntirdi. Qo'limni elkasiga qo'yib: “Sen “Yuventus”ni qutqarishni istading va buni uddalading. Bu eng muhimidir”, deganman

Agar mendan o'zim xohlagan, ammo hech qachon murabbiylik qila olmagan eng yaxshi futbolchi kimligini so'rashsa, “bu Alessandro del Pero”, deya javob beraman ", - deydi mutaxassis.

Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling! 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TuttoJuve