Ferdinand: "Sancho maydonda xuddi raqsga tushayotgandek, himoyachilar undan xayron qolmoqda"

Mirjalol Normatov
4 iyul 2021, 15:56
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand klubning yangi futbolchisi Jeydon Sancho haqida fikr bildirdi.

"Ha, "Yunayted" ajoyib futbolchini qo'shib oldi. Ammo bu syurpriz emas. Biz ham, nemislar ham uch yildan buyon uni kuzatib bormoqda. U xuddi maydonda raqsga tushayotgandek. Raqib himoyachilarini xayron qoldiradi.

O'ziga bo'lgan ishonch va balans - hammada ham bo'lmaydigan hislat. Tezligini kuchaytirganda esa unga yetib olishning iloji bo'lmaydi. Sancho o'yin payti kutilmagan paytda ajoyib qarorlar chiqarib, chiroyli paslar beradi.

"Manchester Yunayted" tarkibida o'ynab, u muxlislarni o'rniga o'tirishiga yo'l qo'ymaydi. Unda iqtidor juda katta, ruxiy tomondan kuchli va maksimal ravishda yuqori darajada o'ynashga harakat qiladi", - dedi Ferdinand.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports