Ferdinand Ronaldu chetlatilishi haqida: "Yuventus" apellyaciya berishi kerak"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2018, 12:57
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Rio Ferdinand o'z "tvitteri"da "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Valensiya"ga qarshi bahsda (2:0) chetlatilishiga izoh berdi.

Birinchi bo'lim o'rtalarida Feliks Brix yon hakamning so'zlaridan so'ng forvardga qizil kartochka ko'rsatdi. Ronaldu "Valensiya" himoyachisi Jeyson Murilo bilan to'qnashuvdan so'ng jazolandi va maydonni ko'z yoshlari bilan tark etdi.

"Yuventus" apellyaciya berishi kerak" - deb yozdi Ferdinand.

Ronalduning opasi: "Krishtianu chetlatilishi - futbol uchun sharmandalik"

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com