Ferdinand: "Messining jonli devor tagida yotishiga yo'l qo'ymasdim, uning libosi dog' bo'lmasligi kerak"

Alisher
29 sen 2021, 15:41
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand CHL doirasidagi PSJ - "Man Siti" (2:0) o'yinida hujumchi Lionel Messining devor tagiga yotgani haqida gapirdi.

"Bu hurmatsizlik, men bunga yo'l qo'ymasdim. Agar men ushbu jamoada bo'lganimda, aytgan bo'lardim: "Yo'q, o'rningga men yotaman". Men uning devor tagida shu holda yotishiga yo'l qo'ymasdim. Bu Messining ishi emas. U o'z libosini kir qilmasligi kerak", - deydi Ferdinand.

Uning hisoblashicha, Maurisio Pochettino bunday sxemani taklif qilganda, o'yinchilardan kimdir bunga qarshilik qilishi kerak edi.

Eslatib o'tamiz, Leo ushbu o'yinda parijliklar tarkibidagi ilk golini urdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail