"Fenerbaxche" o'zbekistonlik futbolchini 3 million evroga sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
22 dek 2017, 18:35
O'zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.

Turkiyaning fotomac.com.tr nashri bergan xabarga ko'ra, Aykut Kojaman boshchiligidagi "Fenerbaxche" chap qanot himoya va yarim himoyasini kuchaytirmoqchi. Shu bois "Lokomotiv"ning 30 yoshli vakiliga qiziqib qolgan. Turli ma'lumotlarga ko'ra, turklar Denisov uchun 3 million evro to'lashga tayyorlar. Transfermarkt nashriga ko'ra, Vitaliy Denisovning transfer narxi 5 million evroga teng.

Eslatib o'tamiz, Denisov bu mavsum Rossiya premer-ligasida 20ta turdan 7 marta maydonga tushdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia