"Fenerbaxche" "Manchester Siti" himoyachisini sotib olmoqchi

31 yanv 2023, 14:55
"Fenerbaxche" "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uokerga qiziqish bildirmoqda.

"ASpor" xabariga ko'ra, Turkiya klubi angliyalik futbolchi uchun 6,15 mln funt sterling berishga tayyor. "Fenerbaxche" Uokerga yaxshi maosh bilan uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi.

Turkiyada transfer oynasi 8 fevralda Angliyadagidan kechroq yopiladi.

32 yoshli futbolchi "Manchester Siti" safiga 2017 yozida kelib qo'shilgan. Uokerning "Transfermarkt" portalida transfer narxi 15 mln evroni tashkil etadi.

Angliyalik himoyachi joriy mavsumda "shaharliklar" tarkibida turli musobaqalarda jami 14 ta o'yinda maydonga tushirildi. Uning hisobida yagona asist mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: ASpor