"Fenerbaxche" Azmunga qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
22 avg 2021, 10:42
"Zenit" forvardi Sardor Azmun faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

"Aspor" xabariga ko'ra, 26 yoshli eronlik futbolchining xizmatlariga "Fenerbaxche" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Jamoa forvardi Syerdar Dorsun jarohat olganidan keyin turk klubi yangi hujumchi izlamoqda.

Azmun 2019 yildan buyon "Zenit" tarkibida harakat qilmoqda. Bunga qadar u "Rubin" va "Rostov" jamoalari tarkibida ham o'ynagan. Ushbu mavsumda u RPLning 5 o'yinida 4 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Aspor