Fellayni: "Bu safar jamoam Angliya Kubogida g'olib chiqadi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
26 apr 2016, 10:45
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maruan Fellayni "Kristal Pelas"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Kubogi final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Angliyadagi birinchi mavsumimda "Everton" bilan Kubok finaligacha yetib borganmiz, ammo o'sha bahsda "Chelsi"ga mag'lub bo'lgan edik. Bu safar men o'ynayotgan jamoa sovrinni qo'lga kiritadi deb o'ylayman, barchamiz finalni kutyapmiz. Ammo ayni damda asosiy maqsadimiz - chempionat o'yinlari va mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlamoqchimiz.

Yarim final uchrashuvi qiyin bo'ldi, ammo jamoaviy ruh unda g'olib chiqishimizga imkon berdi. Bahs oxirida "Everton" hujumga o'tdi - ularning yo'qotadigan narsasi qolmagandi. G'alabaga haqli ravishda erishdik" - deydi Fellayni.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com