Feliks yanvarda "Atletiko"ni tark etmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 noya 2022, 15:47
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Joau Feliks yanvarda jamoani tark etishga yaqin turibdi.

Portugaliyalik o'zining agenti Jorje Mendeshdan yangi jamoa tanlashni so'radi. Futbolchining bosh murabbiy Diego Simeone va "matraschilar" muxlislari bilan munosabatlari yaxshi emas. Futbolchi transfer imkoniyatini oshirish uchun Qatardagi Jahon chempionatida o'zini ko'rsatish niyatida.

Feliksga "Bavariya", "Manchester Yunayted", PSJ va "Chelsi" da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Illustrated