Feliks jarohati tufayli "Selta"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
6 iyul 2020, 16:43
"Atletiko" hujumchisi to'pig'idan olgan jarohati tufayli safdan chiqdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Portugaliyalik futbolchi Ispaniya chempionati 35-turi doirasidagi "Selta"ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Feliks 3 iyul kuni Madridda o'tgan 34-tur doirasidagi "Malorka" (3:0)ga qarshi o'yinda jarohat oldi. Forvard asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo 54-daqiqada almashtirildi.

Tibbiy ko'rikdan so'ng Feliksning to'piq suyagida muammo borligi ma'lum bo'ldi.

Hujumchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com