Feliks "Atletiko"dan ketmoqchi. Simeone - o'yinchining transferiga rozi, klub bosh direktori - qarshi

Alisher
23 yanv 2022, 16:53
"Atletiko" yarim himoyachisi Joau Feliks klubdan ketishi mumkin.

As jurnalisti Xaver Matalyanasning xabariga ko'ra, o'yinchining o'zi Madrid klubidan ketmoqchi va jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone ham portugaliyalikning ketishini xohlaydi.

O'yinchining transferiga "Atletiko" bosh direktori Migel Anxel Xil qarshi chiqmoqda.

Feliks joriy mavsum La Liga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cadena SER