Fekir “Lion”da qolishi mumkin

14 iyul 2019, 09:58
“Lion” yarim himoyachisi Nabil Fekir jamoani tark etish istagida.

Ammo klub prezidenti Jan-Mishel Olasning aytishicha, futbolchi jamoada qolishi ham mumkin.

“Ayni paytda Nabil ketmoqchi ekanligi haqida gapirmoqda. Biroq, u jamoada qolishi ham mumkin. Biz u bilan shartnomani uzaytirish niyatidamiz”, deya Olasning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda RMC.

Joriy mavsumda Fekir Fransiya chempionatining 29 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Uning hisobida 9 ta gol va 7 ta goli uzatma bor. 25 yoshli futbolchi YCHL bahslarida 6 ta uchrashuvda 3 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC