Favr: “Flik uchun xursandman. Uning jamoasi barchadan ustun va kuchli”

15 iyun 2020, 23:57
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr “Bavariya”ning chempionlikka erishish ehtimoli haqida gapirdi.

“Bavariya”dagi hamkasbim uchun xursandman. Flik jamaoda katta hajmdagi ishlarni bajardi. Men uni bu bilan tabriklashim mumkin, ammo myunxenliklar bilan bo'lgan o'yinni unutishim qiyin bo'lmoqda.

60-daqiqada raqib darvozasiga penalti belgilanishi lozim edi. O'sha vaziyat ko'p narsani o'zgartirib yuborishi mumkin edi. Uchrashuvdda intriga yuqori edi. Ammo oxir oqibat tan olish lozim, “Bavariya” ayni paytda Bundesligada eng kuchli jamoa”, deydi Favr.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal