Farrux Sayfiev va Dilshod Jo'raev terma jamoada debyut qilishdi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2014
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Bokuda Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Ushbu o'yinda Mirjalol Qosimov ikki nafar futbolchiga milliy terma jamoada debyut qilish imkonini berdi.

"Nasaf" yarim himoyachisi Farrux Sayfiev va "Bunyodkor" yarim himoyachisi Dilshod Jo'raev uchun Ozarbayjonga qarshi o'yin terma jamoa tarkibidagi dastlabki bahs bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, kechagi uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etildi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia