Farruh Sayfiev: "Bugungi uch ochko bizni mundialga yanada yaqinlashtirdi"

Абдулвосит Бектемиров
21 mar 2025, 02:04
Terma jamoamiz a'zosi Farruh Sayfiev bugungi bahsdan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

"Yaxshi o'yin va juda ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik. Eng muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bugungi uch ochko bizni Jahon chempionatiga yanada yaqinlashtirdi" - deya fikr bildirdi Farruh Sayfiev bugungi bahs haqida.

- Bugungi o'yin kutilganidek qiyinroq kechgandek tuyuldi...

- Bugungi o'yinimiz qiyin o'tmadi. Vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi, shu masalada oqsadik. Xatolarimizni to'g'rilaymiz.

- Muxlislar ko'proq gol kutishgandi va terma jamoamiz bir taym davomida raqibdan ko'proq bo'lib o'ynadi... Bunday ehtiyotkor o'yin murabbiyning ko'rsatmasi bilan bog'liq edimi?

- Hozirgi vaziyatda eng muhimi uch ochkoni qo'lga kiritish edi. Endi esa keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

- Zaxiraga olinganingiz jarohat tufayli ro'y berdimi?

- Birinchi bo'limdan so'ng oyog'im biroz og'ridi. Endi ertaga tibbiy ko'rikdan o'taman.



O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia